Eksport nazorati
Eksport nazorati sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Eksport nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi (https://lex.uz/docs/262949).
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari eksport nazoratini amalga oshirish orqali O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligini hamda O‘zbekiston Respublikasining yalpi qirg‘in quroli va boshqa turdagi qurol-yarog‘larni tarqatmaslik sohasidagi xalqaro majburiyatlari bajarilishini ta’minlashdan iborat.
O‘z xossa hamda xususiyatlariga ko‘ra yalpi qirg‘in qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirg‘in qurolini yetkazib berishga qodir boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarog‘ hamda harbiy texnikani yaratishda muhim hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan, eksport nazorati ob’yektlari ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari eksport nazorati ob’yektlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi eksport nazorati sohasidagi vakolatli davlat organidir.
