Markaziy Osiyoning madaniy merosi — turizmga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish omili
2024-05-02 16:30:00 / Yangiliklar

Oʻzining qadimiy Ipak yoʻli bo‘ylab joylashgan boy merosi va rang-barang madaniyati bilan mashhur boʻlgan Markaziy Osiyo turizm sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda davom etmoqda. Soha rahbarlari va mutaxassislari forum davomida xorijiy investorlarni jalb qilish uchun mintaqaning madaniy boyliklaridan foydalanishning jozibador imkoniyatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida yig‘ildi.
Sessiyaga Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi ijrochi direktori Elena Son moderatorlik qildi.
Tadbir spikerlari:
- Paolo Barletta, Arsenale Group bosh direktori
- Aleksis Feya, InterContinental Hotels Group'ning rivojlanish bo‘yicha bosh direktori
- Kristina Dorosh, “VISA” katta vitse-prezidenti
- Kristof Mangold, Mangold Consulting
- Dmitriy Volvach, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari
- Umid Shodiyev, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi
- Paolo Barletta, Arsenale Group bosh direktori:
— O‘zbekistonda, dengizga chiqish imkoni yo‘q, biroq ajoyib temiryo‘l infratuzilmasiga ega mamlakat. Bu orqali biz hashamatli sayyohlik oqimini yaratishga intilamiz. Tasavvur qiling, hashamatli poyezdlar sizni nafaqat Toshkentdan Buxoro va Samarqandga olib boradi, balki g‘ildirakli besh yulduzli mehmonxona xizmatlarini ham taklif etadi. Bu shunchaki sayohat emas, poyezdda uxlashingiz, restoran xizmatlaridan va tungi hayotdan bahramand bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan butun boshli noodatiy sayrdir. Shahar ekskursiyalaridan so‘ng yo‘lovchilar sayohatlarini qulay tarzda davom ettirish uchun o‘zlarining “ko‘chma mehmonxona”lariga qaytadilar. Taklif an’anaviy temir yo‘l sayohatidan farq qilgani sababli ham loyiha keng omma e’tiboriga tushishi mumkin. Ilk yo‘lovchilar o‘zlarining ijobiy taassurotlari bilan o‘rtoqlashsa, boshqalar ham sayohatning ushbu noyob turidan foydalanishni istashadi va shu orqali O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati yuksalishiga hissa qo‘shadi, — dedi ?
Turizm mavzusini davom ettirar ekan, “VISA” katta vitse-prezidenti Kristina Dorosh O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish jarayoni infratuzilmani takomillashtirishdan tortib, onlayn bron qilish va xizmatlarni xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirishgacha bo‘lgan kompleks yondashuvni talab qilishini ta’kidladi. Uning fikricha, bu nafaqat sayyohlik tajribasini yaxshilaydi, balki mahalliy aholining hayot sifatini sezilarli darajada yuqorilashiga sabab bo‘ladi, ularga yangi imkoniyatlar beradi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantiradi.
Umuman olganda, panel sessiyasi yakunida ishtirokchilar sanoat istiqbollari va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun Markaziy Osiyoning turizm hamda madaniy boyliklarining noyob jozibadorligidan foydalanish bo‘yicha amaliy strategiyalar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.









