O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2025-yilda Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihani amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish uchun tanlov E’LON QILADI
Davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari
Maqsad: aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish bo‘yicha bilimlarini oshirish.
Vazifalar: aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida tanlov tashkil etish, tanlovni tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash, tanlovni yuqori saviyada o‘tkazilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tanlov jarayonini ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlash hamda tanlov g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish.
Ajratiladigan mablag‘ miqdori: 10 000 000 million so‘m (o‘n million so‘m)
Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:
- ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;
- davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiriladigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqligi;
- ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;
- ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;
- loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatalariga to‘liq rioya etish.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
ariza taqdim etayotgan NNTning rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza (ariza shakli bilan https://lex.uz/uz/docs/-3568990?query=Sotsial#-3569962 sayti orqali tanishishingiz mumkin);
oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTning Ustavi nusxasi;
Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi.
Hujjatlar 2024-yil 19-dekabrdan 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.
Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.
Hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi” nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100084, Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 4-uy.
Ma’lumot uchun telefon: 71-212-66-44, 71-239-16-85
