Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar rahbarlar tarkibini tayyorlaş böyiça Respublika markazi 1992 yili taşkil etilib, 1996 yilgaça faoliyat körsatgan. Özbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning taklifiga binoan 1995-yil 16 avgust kuni Favqulodda Vaziyatlar Vazirligini tuziş haqida qaror qabul qilingan. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi taşkil etilgan bölib, mazkur farmon böyiça vazirlikning vazifalari quyidagiça belgilangan:
- favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma'naviy qadriyatlarini muhofaza qiliş, şuningdek tinçlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatiş hamda zararini kamaytiriş sohasida davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
- favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bunday hollardagi harakatlarini boşqarişning davlat tizimi (FVDT)ni taşkil etiş va uning faoliyatini ta'minlaş;
- Özbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga rahbarlik qiliş;
- Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kenaşi, hokimliklarning aholini va milliy boyliklarini muhofaza qiliş, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etişga doir faoliyatini muvofiqlaştirib boriş;
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etişga, aholini, mamlakat hududini muhofaza qilişga hamda ular vujudga kelgan taqdirda xalq xöjaligi ob'ektlari faoliyatining barqarorligini oşirişga, şuningdek aholini, mansabdor şaxslarni hamda favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bunday hollardagi harakatlarni boşqarişning davlat tizimi tuzilmalarini tayyorlaşga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni işlab çiqişni taşkil etiş va amalga oşiriş;
- Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etiş uçun moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zahira fondlarini taşkil etişga doir işlarni muvofiqlaştirib boriş va hokazo.