Vazirlik haqida
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGINING FAOLIYATINI TAŞKIL ETIŞ MASALALARI TÖĞRISIDA
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini taşkil etiş töğrisida» 1996 yil 4 martdagi PF-1378-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi töğrisidagi Nizom va uning tuzilmasi 1, 2, 2a, 2v-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga favqulodda vaziyatlarda işlarni bajariş uçun faoliyat körsatib turgan tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, şuningdek, taşkil etilayotgan maxsus tuzilmalarning tuzilmasi, joylaşişi, moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti töğrisida taklif kiritsin.
2. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi xodimlarining umumiy soni 1785 nafar, şu jumladan ma’muriy-boşqaruv xodimlari soni 540 nafardan iborat etib belgilansin; Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati xodimlarining çeklangan soni 80 nafar, şu jumladan 35 nafar ofitserdan iborat etib belgilansin (binolarni qöriqlaş va ularga xizmat körsatiş xodimlaridan taşqari). Favqulodda vaziyatlar Vaziriga Vazirlikning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq tölaş fondi doirasida özgartirişlar kiritişga ruxsat etilsin.
3. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Vazirning uç nafar örinbosariga, şu jumladan bir nafar birinçi örinbosariga hamda şaxsiy tarkibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 9 kişidan iborat hay’atga ega bölişga ruxsat etilsin.
4. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar, toifalangan şaharlar va tumanlar hokimliklarining favqulodda vaziyatlar boşqarmalari (bölimlari) namunaviy tuzilmalari 3, 4 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin;
Favqulodda vaziyatlar böyiça körsatib ötilgan boşqarmalar (bölimlar) va ularning bölinmalarini zarur binolar, telefon aloqasi va boşqa aloqa, mol-mulk, inventar, avtotransport bilan ta’minlaş va ularning joylaşişiga yordam körsatiş uçun şaxsan javobgarlik Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisiga, viloyatlar va Toşkent şahar, toifalangan şaharlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
5. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyuşmalar, birlaşmalar va korxonalar tuzilmasidagi xalq xöjaligi ob’ektlarining fuqaro muhofazasi böyiça mavjud xizmatlar va ştatdagi lavozimlarni tugatsinlar.
6. Belgilab qöyilsinki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimini mablağ bilan ta’minlaş xarajatlari Özbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablağlari hisobiga amalga oşiriladi.
7. Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatçilari, xodimlari va mutaxassislari xizmatni ötaş, mehnatga haq tölaş, tibbiy va maişiy xizmat körsatiş masalalarida, şu jumladan ularning oila a’zolari ham, Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari, xodimlari va mutaxassislarining tegişli toifalariga tenglaştirilsinlar.
8. Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, «Özkimyosanoat» uyuşmasi, Toşkent şahar hokimligi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi 269-son qaroriga muvofiq Mudofaa vazirligi tarkibiga kirgan Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boşqarmasining 1996 yil 1 aprelgaça bölgan holatiga köra xodimlari soni, muassasalari va öquv yurtlarini Özbekiston Respublikasi Fuqaro mudofaasi ştabining moddiy-texnika bazasi va asosiy fondlari bilan birgalikda, şuningdek 6-ilovaga muvofiq taşkilotlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligiga bersinlar, Vazirlik esa ularni belgilangan tartibda qabul qilib olsin.
9. «Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 1996 yil 1 iyungaça şoşilinç işga kirişuvçi aviatsiya otryadini taşkil etsin, uni belgilangan normalargaça zarur uçiş apparatlari, uçuvçilar va texnik xodimlar bilan butlasin. Belgilab qöyilsinki, Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan uçiş apparatlaridan foydalaniş şartnoma asosida amalga oşiriladi.
10. «Özavtotrans» davlat korporatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 1 iyungaça mavjud avtokorxonalar negizida şoşilinç işga kirişiş respublika (Qoraqalpoğiston Respublikasi), viloyatlar va Toşkent şahar avtotransport otryadlarini tuzsin, ularni zarur avtomobil texnikasi, tuzatiş va xizmat körsatiş bazasi bilan butlasin. Körsatib ötilgan avtotransport otryadlarini favqulodda vaziyatlar davrida jalb etiş şartnoma asosida amalga oşirilsin.
11. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini bartaraf etiş davrida: Mudofaa vazirligining fuqaro muhofazasi qöşinlari kuçlari va vositalariga; Içki işlar vazirligining harbiylaştirilgan yonğindan saqlaş respublika ixtisoslaştirilgan otryadiga; Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining Şoşilinç tibbiy yordam körsatiş respublika markaziga; «Özavtotrans» davlat korporatsiyasining şoşilinç işga kirişiş avtotransport otryadlariga amaliy rahbarlik qiliş yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Özbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qömitasining Maxsus avariya-tiklaş boşqarmasi (15361-harbiy qism) ga;
(11-bandning oltinçi xatboşisi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 avgustdagi 233-sonli qarori tahririda - ÖR QHT, 2013 y., 34-son, 458-modda)
12. «Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyasi, «Özbekiston temir yöllari» kompaniyasi, «Özavtotrans» davlat korporatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi buyurtmanomalari böyiça favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatiş uçun zarur bölgan avariya-qutqariş xizmati, harbiy qismlar kuçlari va vositalari hamda yuklarning favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan joylarga birinçi navbatda olib borilişi hamda qaytarib olib kelinişini ta’minlasinlar. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur bölgan hollarda uşbu maqsadlar uçun Özbekiston Respublikasi boşqa vazirliklari va idoralarining transport vositalarini jalb qilişga ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Özbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xöjaligi vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, «Özbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Içki işlar vazirligi, Davlat geologiya qömitasi, Davlat tabiatni muhofaza qiliş qömitasi, Özbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi, «Özbekneftgaz» korporatsiyasi, «Özkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va «Özgidromet» markazi Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini hududlar, ob’ektlardagi tabiiy-iqlim, ekologik, epidemiologik, epizootik, geologik va texnologik vaziyat hamda ularning yaqin davrda va istiqbolda özgarişi ehtimollari töğrisidagi axborot bilan muntazam ravişda, favqulodda vaziyatlarda esa darhol ta’minlasinlar Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi körsatib ötilgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning joylardagi organlarini tegişli axborot bilan ta’minlaş tartibi, muddatlari va şakllarini belgilasin. (13-bandning birinçi xatboşisi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda - ÖR QHT, 2010 y., 51-son, 486-modda)
14. Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Favqulodda vaziyatlar vazirligini va uning bölinmalarini respublika aholisi va hududini muhofaza qiliş tadbirlarini rejalaştiriş, bevosita xavf töğrisida davlat boşqaruv organlarini xabardor qiliş uçun hamda alohida davr uçun boşlanğiç ma’lumotlar bilan ta’minlasin;
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegişli bölgan qurol-yaroğ va texnikani tuzatiş işlarini şartnoma asosida amalga oşirsin;
Özbekiston Respublikasi xabar beriş markazlaştirilgan tizimi va Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar xabar beriş viloyat içki tizimlarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi balansiga bersin.
15. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi boşqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1996 yil 1 iyulgaça favqulodda vaziyatlarda davlat boşqaruvi organlari, konsernlar, korporatsiyalar va uyuşmalarning özaro hamkorligini taşkil etiş, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş davlat tizimini (FVDT), şuningdek şoşilinç qutqariş xizmati yagona davlat tizimini yaratiş töğrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
16. «Özistiqbolstat» davlat qömitasi, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ob’ektlari qurilişi va rekonstruksiya qilinişining adresli dasturlarini körib çiqsinlar.
17. Özbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati Vazir va uning örinbosarlariga hukumat ATSi, «VÇ», hukumat şaharlararo va boşqa aloqa turlarini örnatgan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi boşqarmalari va bölimlarini telefonlaştirişni ta’minlasin.Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga favqulodda vaziyatlar davrida umumdavlat va idoraviy aloqa tarmoqlaridan ustun tartibda foydalanişga ruxsat etilsin.
18. «Özbekengilsanoat» davlat uyuşmasi 1996 yilning ikkinçi çoragida Favqulodda vaziyatlar vazirligining buyurtmanomasi böyiça uning şaxsiy tarkibi uçun formali kiyim namunasini işlab çiqsin va tayyorlab bersin.
19. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorni amalga oşiriş uçun zarur mablağlar, törtta avtomobil xarajatlari uçun limit ajratsin va Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligini mablağ bilan ta’minlaş rejasiga tegişli özgartirişlar kiritsin.
20. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qömitasi bir oy muddatda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qaraşli korxonalar va taşkilotlarga, böş qoladigan mablağlarni ularning moddiy-texnika bazalarini rivojlantirişga yönaltiriş maqsadida, soliq imtiyozlari berişni körib çiqsinlar va bu töğrida takliflar kiritsinlar.
21. Toşkent şahar hokimligi Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Mustaqillik maydoni, 6-uydan joy ajratsin.
22. «Toşşaharyölovçitrans» davlat uyuşmasi Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xizmat körsatiş uçun 4 ta engil avtomaşina ajratsin.
23. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Favqulodda vaziyatlar böyiça komissiyasi kotibiyati Vazirlar Mahkamasining beş nafar xodimdan — mudir, mudir örinbosari, ikkita katta ekspert va katta inspektordan iborat böluvçi Favqulodda vaziyatlar bölimiga aylantirilsin, unga Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va davlat boşqaruv organlarining fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularning oqibatlarini tugatiş masalalariga oid faoliyatlarini muvofiqlaştirib boriş vazifasi yuklatilsin.
24. Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar böyiça rahbar xodimlar tayyorlaş respublika markazi Özbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutiga aylantirilsin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Vazirlar Mahkamasiga Özbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutining tuzilmasi va xodimlari soni töğrisida ikki hafta muddatda taklif kiritsin.
25. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 2 apreldagi 169-son qarori öz kuçini yöqotgan deb hisoblansin.
26. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Adliya vazirligi Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga tegişli bölgan amaldagi qonunçilik hujjatlari va normativ hujjatlarni özgartiriş hamda yangilarini çiqariş töğrisida bir oy muddatda takliflar tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
27. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari - Favqulodda vaziyatlar vaziri I.H. Jörabekov zimmasiga yuklansin.
