Vazirlik tasarrufidagi o'quv muassasalari
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasi 1993-yil 11-avgust kuni Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi sifatida tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni asosida ushbu ta’lim dargoh Yong‘in xavfsizligi institutga o‘zgartirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son Farmoni asosida 2020-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasi tashkil etilgan.
Respublikaning barcha jabhalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, hayot faoliyati xavfsizligi sohasida malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yagona yetakchi (tayanch) oliy harbiy davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Qabul jarayoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning hujjatlari doimiy yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limlari, harbiy xizmatchilarniki esa o‘zining xizmat joylarida rasmiylashtiriladi.
Akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar doimiy yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limlariga ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa xizmat joyidagi tegishli komandir (boshliq) nomiga bildirgi bilan murojaat etadilar.
Akademiyaga o‘qishga kirish uchun arizalar va bildirgilar 1-fevral kunidan 31-mart kunigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Akademiyaga o‘qishga – o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan va Akademiyada o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari qabul qilinadi.
O‘qishga nomzodlarning bo‘yi 170 sm va undan yuqori bo‘lishi shart.
Akademiyaga kursantlar kontingentini sifatli butlash uchun quyidagi saralab olish tadbirlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
🔷 harbiy-professional yo‘nalish;
🔷 dastlabki saralab olish;
🔷 test sinovlari.
Harbiy-professional yo‘nalish bo‘yicha tadbirlar harbiy xizmatchi kasbining mohiyatini va unga qo‘yiladigan talablarni ochib berish, yoshlarda harbiy kasbni ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan harbiy mutaxassislikni tanlashda ularga yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshiriladi.
Dastlabki saralab olish tadbirlari ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich: fuqaro yoshlar uchun – mudofaa ishlari bo‘limlarida, harbiy xizmatchilar uchun – xizmatni o‘tash joyida, 1-fevralidan 10 aprelga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
🔷 hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
🔷 yakka tartibdagi suhbat;
🔷 birlamchi tibbiy ko‘rik.
Ikkinchi bosqich: fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun – mudofaa ishlari boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida 11-apreldan 31-mayga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
🔷 individual-psixologik o‘rganish;
🔷 umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;
🔷 yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
Qabul imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash Agentligi tomonidan majburiy blokda – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi fanidan hamda mutaxassislik bo‘yicha – matematika, fizika fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.
Akademiyaga o‘qishga topshirgan dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqatli o‘tgan nomzodlarga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga belgilangan tartibda imtiyozlar qo‘laniladi.
O‘quv jarayoni
O‘qishga qabul qilinganlar nomzodlar o‘qish jarayonida bepul mavsumiy kiyim-bosh, barcha sharoitga ega yotoqxona, oziq-ovqat va pul ta’minoti (stipendiya) bilan ta’minlanadilar. Akademiyada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ofitser kadrlar tayyorlanadi:
1. “Yong‘in xavfsizligi” mutaxassisligi;
2. “Texnosfera xavfsizligi” mutaxassisligi;
Akademiyani tamomlagan bitiruvchilar leytenant harbiy unvoniga, magistrga tenglashtirilgan diplomiga ega bo‘ladi.
Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasida o‘quv jarayoni o‘qitishning eng zamonaviy texnik jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, o‘quv-laboratoriya binolari, tibbiyot xizmati va maishiy xizmat, ma’naviyat hamda ma’rifat markazi va shunga o‘xshash obyektlar kursantlarning bilim olishlari va shug‘ullanishlari uchun doimo shay holatda.
Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasida olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarining amaliy idoralar tajribalari bilan uyg‘unlashtirilishi, kursantlarning Toshkent shahrida sodir bo‘layotgan favqulodda holatlarni oldini olish va bartaraf etishga jalb etilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Kursantlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lab olib borish ustuvor vazifalardan biri ekanligini inobatga olgan holda, Akademiyada muntazam ravishda amaliyot xodimlari bilan uchrashuvlar, davra-suhbatlari uyushtiriladi.
Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasi yurt va Vatan sha’nini har narsadan ustun qo‘yadigan, yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi, hayotini muhofaza qilish uchun sidqidildan xizmat qiladigan xavf xatardan cho‘chimaydigan o‘tyurak mutaxassislarni tayyorlaydi.
Manzil: Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Do‘stlik ko‘chasi 5-uy
Tel/Faks: 71-258-56-57, 71-258-88-81
O‘zbеkiston Rеspublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-iyundagi “Aholini va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3030-son qarori bilan davlat boshqaruvining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Fuqaro muhofazasi instituti Favqulodda vaziyartlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning yuqori boshqaruv va tashkiliy bo‘g‘ini mutaxassislarni, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarni, FVV tarkibiy va hududiy bo’linmalarining qutqaruv xizmatlari hamda boshqa vazirlik va idoralarning qutqaruv tuzilmalari qutqatuvchilarni maqsadli tayorlash, shuningdek Fuqaro muhofazasi bo‘yichа ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun bosh o‘quv – uslibiy va ilmiy – pedagogik markaz sifatida tashkil etilgan.
Institut O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziriga bo‘ysinadi va o‘z faoliyatini uning rahbarligi ostida, Markaziy apparatning boshqarmalari va hizmatlari, FVVning hududiy va tarkibiy tuzilmalari, O‘zbekiston Respublikasi ilmiy- tadqiqot va o‘quv muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Institut FVDTning yuqori boshqaruv va tashkili bo‘g‘ini mutaxassislarni, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan Jamlash rejasiga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining, FVVning shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarni, FVV tarkibiy va hududiy tuzilmalari qutqaruv hizmatlarining qutqaruvchilarni, boshqa vazirlik va idoralarning qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarini tayorlash, qayta tayorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi.
Fuqaro muhofazasi institutida tinglovchilarni o‘qitish davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning buюrtmalari asosida ishlab chiqilgan va O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan Jamlash rеjasiga muvofiq olib boriladi.
Institutning asosiy bo‘linmalari hisoblanadi. Ular o‘quv uslubiy – bo‘lim bilan birgalikda o‘quv rejlari loyhalrini, usluibiy ta’minot, o‘quv jarayonini tashkil etish va rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqadi. Tinglovchilar bilan mashg’uotlar tashkil etadi, kafedralar va kurslar o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasini taqsimlaydi. O‘quv jarayonini takomillashtirishga yo’naltirilgan ilmiiy – uslubiy anjumanlar, seminarlar, yig‘inlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi. Boshqa oily o‘quv yurtlari va ilmiy – tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
Ilmiy amaliy seminar
Vazirlikning shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish kurslari.
Kurslarning asosiy vazifasi harbiy xizmatchilarda yuqori ma’naviy - ruhiy sifatlarni tarbiyalash, o‘quv jaryayoni va kundalik xizmat - jangovar faoliyat o‘rtasidagi uzilmas aloqani ta’minlash, harbiy xizmatchilarni umumqo‘shin tayyorgarligi asoslari buyicha tayyorlash, maxsus tеxnika, asbob - uskuna, aslaha-anjomlarning hamda qidiruv va avariya-qutqaruv bo‘linmalari kiyim - boshlarining yangi namunalarini o‘rganish; tinglovchilarda tabiiy va tеxnogеn xususiyatli favqulodda vaziyatlarning юzaga kеlish ehtimolligi monitoringi va prognoz qilish, ularni modеllashtirish, potеnsial xavfli ishlab chiqarish, obyеktlar mavjudligi va tabiiy ofatlar taxdidini rayonlashtirish, iqtisodiyot obyеktlari va hududlardagi xavf darajasining mе’yoriy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va tadbiq etishni tashkillashtirish bo‘yicha malakani shakllantirish hisoblanadi.
Institut manzili: Toshkеnt viloyati, Qibray tumani, Gеofizika qo‘rg‘oni, Anaybuloq ko‘chasi, 3 uyga ko‘chirilgan.
