Xalqaro IT-sertifikatlarga kompensatsiya berish boʻyicha 2025-yil 1-chorak natijalari
2025-04-07 15:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Xalqaro IT-sertifikatga kompensatsiya olish uchun 2024-yilda 76 nafar IELTS sertifikati bor yoshlar ariza qoldirgan boʻlsa, joriy yil birinchi chorakning oʻzidayoq bu koʻrsatgich 122 nafarga yetdi.
Qolaversa, hududlar kesimida xalqaro IT-sertifikat uchun ketgan xarajatlarni kompensatsiya qilish uchun eng yuqori natija Samarqand viloyatiga toʻgʻri kelmoqda.
Eng quvonarli jihati, 2024-yilda kompensatsiya olgan qizlarning ulushi 13% ni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil soʻnggi 3 oyining oʻzidayoq ushbu koʻrsatgich 41% ga yetgan.
Action pro, Sensorika, Uzcorp oʻquv markazi bitiruvchilari esa soʻnggi 3 oyda eng koʻp kompensatsiya olish uchun ariza qoldirishgan.
Natijalar bilan batafsil infografikamizda tanishing!
Kelajakda yaxshi daromad topish uchun internetdagi vaqtingizni chet tili va zamonaviy kasblarni bepul o‘rganishga sarflang!
Uzbekcoders.uz, https://it-istedod.uz/online-resources.html va https://100imkoniyat.uz/ saytlari orqali ma’lumotlarga ega bo‘ling hamda ko‘plab bepul kasblarni bepul o‘rganing.

