“Raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat va innovatsiyalar” Markaziy Osiyo iqtisodiy forumida Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi
2023-09-18 18:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 14-sentabr kuni Tojikistonda “Raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat va innovatsiyalar” Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos o‘z nutqi bilan ishtirok etdi.
Vazir o‘rinbosari O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatni IT xabga aylantirish borasida qilinayotgan tezkor o‘zgarishlar hamda davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan chora-tadbirlar va IT-biznesni yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.