Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi qobiliyatli analitiklarni ishga taklif etadi
2023-09-11 11:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Buning uchun Sizdan:
– mazkur yo'nalishda 3 yildan kam bo'lmagan ish tajribasi;
– o‘zbek va rus tillarini bilish;
– dasturchilarga vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash tajribasi;
– monitoring qilish tizimlarida ishlash ko‘nikmasi;
– loyihalarni boshqarish asoslarini bilish;
– office paketlarida, MS Visio, MS Project bilan ishlash qobiliyati;
– muntazam ravishda xorij tajribasini o‘rganish, monitoringini olib borish va takliflar kiritish talab etiladi.
Shuningdek, xodim quyidagi vazifalarni bajarishi zarur:
– talablarni yig‘ish va rasmiylashtirish;
– biznes jarayonlarini loyihalashtirish va qayta injiniring qilish;
– texnik hujjatlarni tayyorlash va ularning dolzarbligini saqlash;
– vazifalarni rejalashtirish va ustuvorligini belgilash;
– ishlab chiqish bo‘yicha vazifalarni belgilash va bajarilishini nazorat qilish;
– ekspluatatsiya (foydalanuvchi) uchun qo‘llanmalar tayyorlash;
– dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etish.
Bizdan taklif etiladigani: yuqori oylik, ijtimoiy ragʻbat, Toshkent shahri markazidan zamonaviy ofis hamda yosh va ahil jamoa.
Bogʻlanish uchun pochta manzili: monitoring@egov.uz
Telegram manzili: @mygovwork
