Toshkentda Raqamli hukumat bo‘yicha milliy trening tashkil etildi
2024-06-11 09:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur treningning maqsadi – raqamli texnologiyalarning davlat boshqaruvi sifatini oshirishdagi o‘rni, raqamli hukumat siyosati yuritilishini samarali tashlik etish va ushbu yo‘nalishdagi muhim tamoyillar haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat edi.
Shuningdek, trening raqamli hukumat tashabbuslari bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning asosi sifatida ko‘riladigan umumiy yo‘nalishlar, jumladan, raqamli infratuzilma, raqamli xizmatlar, salohiyatni oshirish va tartibga solish siyosati kabi yo‘nalishlar qamrab oldi.
Uch kun davom etgan treningda “Raqamli texnologiyalar kundalik hayotda va boshqaruv”, “Raqamli hukumat strategiyalari”, “Inklyuziv raqamli rivojlanish - raqamli jamiyat”, “Inklyuziv raqamli rivojlanish – raqamli iqtisodiyot”, “Raqamli siyosat, rivojlanayotgan tendentsiyalar va oldinga yo‘l” kabi mavzularda sessiyalar tashkil etildi.
Ushbu sessiyalar davomida raqamli texnologiyalarning davlat va xususiy sohalarimizda tobora ortib borayotgani va bu texnologiyalarning joriy etilishi boshqaruvga qanday ta’sir ko‘rsatishi, raqamli hukumat loyihalari muvaffaqiyatsizlik sabablarini aniqlash, barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog‘liq boshqaruv tamoyillari muhokama qilindi.
Shuningdek, Raqamli hukumat strategiyalari va rejalarining komponentlari hamda ular bilan bog‘liq jarayonlar, raqamli hukumatning samarali transformatsiyasi uchun zarur bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va huquqiy bazani kengaytirish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Raqamli siyosatda tovarlarni elektron xarid qilish va sotish va raqamli siyosatda elektron ma’lumot almashish kabi komponentlar bilan bog‘liq muammolar e’tibor qaratildi.
Trening davomida ishtirokchilar raqamli texnologiyalarning davlat va xususiy sohalardagi o‘rni va bu texnologiyalarning joriy etilishi boshqaruvga qanday ta’sir qilishi mumkinligi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda dizayn fikrlash (design thinking)dan foydalanishni o‘rganish, shuningdek, fuqarolar va davlat xizmatchilarini raqamli davlat xizmatlarini loyihalashda hamkorlik va ishtirok etishga undash vositalari va usullari haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
O‘z navbatida, raqamli hukumat strategiyalari va rejalarining komponentlari hamda ular bilan bog‘liq jarayonlarni tushuntirish, raqamli hukumatning samarali transformatsiyasi uchun zarur bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va huquqiy bazani kengaytirish, raqamli hukumat loyihalarining turli bosqichlari, raqamli hukumat dasturini amalga oshirishning rivojlanayotgan tendensiyalarini o‘rganish bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Raqamli hukumatda Sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlari va sun’iy intellekt bilan bog‘liq muammolar, ma’lumotlarni boshqarish va raqamli identifikatsiya tizimlarining zarurati va ahamiyati bo‘yicha zarur masalalar muhokama qilindi.
Trening yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.









