Asosiy kontentga o'tish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar

2018 yil

 

-          “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha axborot-tahliliy ma’lumotnoma, Yo‘l xo‘jaligi sohasidagi ayrim muammo va kamchiliklar o‘rganildi, Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi qonun hujjatlar tahlil qilinib, natijasiga ko‘ra Prezident Administratsiyasiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritildi.

-          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, Hukumatga kiritildi.

-          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida yo‘l xo‘jaligi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, Prezident Administratsiyasiga kiritildi.

 

2019 yil

 

-          ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari soni - 5 ta

-          28 ta xo‘jalik boshqaruv organlari 50 ta davlat boshqaruv organlari faoliyati tahlil qilinib, tahlil natijasiga ko‘ra Prezident Administratsiyasiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritildi

-          Tadbirkorlik sub'yektlariga imtiyoz va preferentsiyalar taqdim etish amaliyoti va ularning natijadorligi bo‘yicha tahlil o‘tkazildi

-          “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi yakuni bo‘yicha “Yo‘l xarita” loyihasi ishlab chiqilib, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi

-          Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishining alohida jihatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

 


2020 yil

 

-          Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy ho‘jjatlar va boshqa xo‘jjatlar loyihalari soni - 13 ta

-          davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha 17 ta tahlil va o‘rganishlar o‘tkazildi

-          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi

-          Davlat boshqaruvi organlarida sifat menedjment tizimini joriy qilish to‘g‘risida axborot-tahliliy ma’lumotnoma, Davlat boshqaruvi sohasiga o‘zini o‘zi tartibga solish institutini joriy etish to‘g‘risida axborot-tahliliy ma’lumotnoma, Davlat boshqaruvi organlari (vazirliklar) rasmiy veb-saytlarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan ma’lumotnoma tayyorlanib, Prezident Administratsiyasiga kiritildi

288

Oxirgi yangilanish: 2024-06-13 19:33:17