Veb-saytni yuritish
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavsizligi qo‘mitasi Axborot xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Qo‘mita rahbariyati tomonidan belgilanadigan sohada axboratlashtirish siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
- Qo‘mita faoliyati doirasidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan loyihalar, normativ-huquqiy hujjatlarning mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;
- Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida qo‘mita faoliyatining dolzarb jihatlarini, shuningdek sanoat xavsizligi va yadro xavsizligi doirasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirilishi masalalarini yoritish;
- Internet tarmog‘ida Qo‘mitaning veb-resursini (rasmiy veb-saytini) tashkil etish, unga sohaga oid axborotlarni muntazam joylashtirib borish.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!
Sizga Axborot xizmati doimiy hamkorlikka tayyor ekanligini, Qo‘mita faoliyatiga oid tahliliy ma'lumot va sharhlarni olishingizga ko'maklashishga tayyor ekanini bildiramiz. Har bir murojaatingizga nisbatan sifatli va o'z vaqtida munosabat bildiriladi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavsizligi qo‘mitasi sohasiga oid maqola, lavha hamda intervyular tayyorlashda hamkorlik uchun Axborot xizmatiga murojaat qiling.
Telefon 71 203 02 39 (15)
E-mail: b.berdiyev@cirns.uz
