E’lonlar, tanlo'v va tenderlar
O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi 2025-yilda Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihani amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish uchun tanlov
E’LON QILADI
|
Davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari |
Buyurtmachi davlat organi nomi va manzili |
Ajratiladigan mablag‘ miqdori |
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish muddati |
|
Ustuvor yo‘nalish: Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish hamda Qo‘mita nazorat ostidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan foydalanuvchi korxonalarda davlat nazoratini kamaytirib xususiy sektor yordamida - Sanoat xavfsizligini ta’minlashda sanoat xavfsizligi auditini tashkil qilish. Auditning afzalliklari ularni baxtsiz xodisa va avariyalarni oldini olishda, rolini o‘rganishda xalqaro tajriba tahlili (manbalarni aniq ko‘rsatgan xolda) va milliy qonunchilikda joriy (implimintatsiya) qilish loyxasini ishlab chiqish. |
O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi 100047, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Xadra MFY, Xadra mavzesi, 27-uy. |
15 000 000 million so‘m |
2025-yil |
|
Maqsad: Qo‘mita nazorat ostidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan foydalanuvchi korxonalarda davlat nazoratini kamaytirib xususiy sektor yordamida - Sanoat xavfsizligini ta’minlashda sanoat xavfsizligi auditini tashkil qilish. |
|
|
|
|
Vazifalar: Mahaliy sharoitni inobatga olgan holda va milliy qonunchilikka implementatsiya qilish orqali xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan foydalanuvchi korxonalarda davlat nazoratini kamaytirib xususiy sektor yordamida - Sanoat xavfsizligini ta’minlashda sanoat xavfsizligi auditini tashkil qilish bo‘yicha huquqiy asos loyihasini ishlab chiqish. |
|
|
|
Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:
- ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;
- davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiriladigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqligi;
- ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;
- ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;
- loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatalariga to‘liq rioya etish.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
ariza taqdim etayotgan NNTning rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza (ariza shakli bilan https://lex.uz/uz/docs/-3568990?query=Sotsial#-3569962 sayti orqali tanishishingiz mumkin);
oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTning Ustavi nusxasi;
Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi.
Hujjatlar 2025-yil 20-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.
Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.
Hujjatlar “O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi” nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100047, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Xadra MFY, Xadra mavzesi, 27-uy.
Ma’lumot uchun telefon: 71-203-02-39 (ichki-29)
