AFG‘ONISTON DELEGATSIYASI SAMARQANDGA KELDI
2025-04-16 17:20:00 / Yangiliklar

Ularni Samarqand temiryo‘l vokzalida Zarafshon ITHB boshlig‘i F.Radjabov kutib oldi.
Delegatsiya a’zolari Jomboy tumanidagi “Oq-Qoradaryo” gidrouzeli faoliyati bilan tanishishdi.
Mehmonlar Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarni ziyorat qildi.
Jumladan, ayni paytda yangidan bunyod etilayotgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif chog‘ida buyuk muhaddis haqiga Qur’on tilovat qilindi. Mehmonlarga majmuada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng mehmonlar O‘rta Osiyodagi ilk masjid deb qaraladigan Hazrati Xizr masjidi, shuningdek, Shohi Zinda va Amir Temur maqbaralarini ziyorat qildi. Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasida ulug‘ ajdodlarimiz aql-zakovati mahsuli bo‘lgan tarixiy ashyolar va rasadxonani tomosha qildi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati








