Asosiy kontentga o'tish

SUV XO‘JALIGI VAZIRIGA YaNGI O‘RINBOSAR TAYINLANDI

2025-01-22 17:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Zokir Eshqurbonovich Ishpulatov O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiya, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 645-sonli qaroriga asosan vazir o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori zimmasiga vazirlik tizimidagi quyi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, tasdiqlangan suv olish limitlari, grafiklari va taqsimoti asosida suv yetkazib berilishini hamda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash, nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish hamda elektr energiyasi iste’molini kamaytirish choralarini ko‘rish, shuningdek, tumanlar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari xizmat ko‘rsatadigan hududda suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish kabi vazifalarni amalga oshirish yuklatilgan.

Axborot xizmati

555

Oxirgi yangilanish: 2025-01-22 17:38:22

SUV XO‘JALIGI VAZIRIGA YaNGI O‘RINBOSAR TAYINLANDI