NIDERLANDIYa BILAN SUV XO‘JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK KENGAYaDI
2024-04-26 19:10:00 / Yangiliklar

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamraev mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutladi.
- Niderlandiya Qirolligining suv siyosatidan yaxshi xabardormiz. Ushbu mamlakatning suv resurslarini boshqarish tajribasini o‘rganish, ilmiy tadqiqot institutlari va universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Biz ushbu mamlakat bilan aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz, - dedi vazir muloqotni boshlar ekan.
Niderlandiya hududining 40 foizi dengiz sathidan pastda joylashgan. Mamlakat uzoq yillardan buyon suv muammolari bilan kurashib keladi. Keyingi yillarda iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
- Biz suv resurslarini boshqarish va tejamkorlik bilan foydalanish borasida to‘plagan tajribalarimizni bo‘lishishga tayyormiz. Shu bilan birgalikda, qurg‘oqchilik ta’sirini yumshatish, transchegaraviy daryolar suvidan foydalanishda hamkorlikni mustahkamlash masalalarida o‘rganadigan jihatlarimiz ham bor, -dedi elchi janoblari.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish hamda suv xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Suv xo‘jaligi yo‘nalishida O‘zbekiston bilan yangi loyiha ishlab chiqish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.
Axborot xizmati


