Gruziya Sport vaziri Shalva Gogoladze “Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyi” faoliyati bilan tanishtirildi.
2025-03-04 19:00:00 / Новости

Avval xabar berganimizdek, bugun Sport vaziri Adkham Ikramov Gruziya Sport vaziri Shalva Gogoladze bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zaro do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, Gruziya Sport vaziri Shalva Gogoladze “Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyi” faoliyati bilan tanishtirildi. Tashrif davomida mehmon muzey ekspozitsiyalari, o‘zbek sportining boy tarixi va bugungi yutuqlari ko'rsatildi.
Shundan so‘ng, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi va u yerda bunyod etilayotgan zamonaviy sport inshootlari bilan ham tanishtirildi.
Bundan tashqari, Gruziya Sport vaziriga mamlakatimizda sport sohasida erishilgan yutuqlar hamda Prezidentimiz tomonidan sportchi va murabbiylar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.









