Amaliy tadbirlar
Soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan amaliy tadbirlar haqida 2025-yilning 9 oyi yakuni boʻyicha ma'lumot
Soliq xizmati organlarida 2025-yilning 9 oyi davomida jami qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlaridan 12 tasi yoki 29,2 foizining fosh etilishi Shaxsiy xavfsizlik tuzilmasi tashabbusi bilan aniqlangan.
Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlarining asosini soliqlarni hisoblamaslik yoki jarimalarni kamaytirish, tekshirish oʻtkazmaslik, soliq qarzini yoʻqotish, mahalliy soliqlarni oʻzlashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga rahnamolik qilish kabi holatlar tashkil etadi.
Bundan tashqari, Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalarining tashabbusi bilan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari yakuni bilan aybdor xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinib, tekshirish materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi natijasida 5 nafar xodimlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Soliq tizimida xodimlar o‘rtasida salbiy holatlar sodir etilishini oldini olish, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish, diniy ekstremistik va turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik yuzasidan 1619 marotaba o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarning 905 tasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtiroki ta’minlandi.
Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida tamagirlik, poraxo‘rlik hamda mansab bilan bog‘liq salbiy holatlarni sodir qilmaslik yuzasidan soliq xizmati organlarining xodimlaridan 2656 nafari bilan alohida profilaktik tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazildi.
Shu bilan birga, turli soliq tekshiruvlarini oʻtkazishga safarbar qilingan xodimlar bilan belgilangan meʼyor va tartiblarga rioya etishlari hamda poraxoʻrlik, tamagirlik hamda mansab bilan bogʻliq salbiy holatlarni keltirib chiqarmaslik yuzasidan tegishli suhbatlar oʻtkazilib, tilxatlar olindi.
Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari tomonidan 1977 ta xizmat tekshiruvlari va o‘rganishlar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha 178 nafar aybdor xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilib, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi va 1246 nafari intizomiy jazoga tortildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 5-mart kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar”ga bagʻishlangan yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini tashkil etish maqsadida, 2025-yil 6-mart kuni Soliq qoʻmitasida qoʻmita hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qoʻshma yigʻilishi oʻtkazildi.
Qoʻshma yigʻilishda belgilab olingan vazifalardan kelib chiqib, bu borada Soliq qoʻmitasi hamda Bosh prokuraturaning korrupsion omillarga qarshi kurashish toʻgʻrisida 2025-yil 6-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishi bayonnomasi (03/10-son, 11.03.2025-y.) bilan tuzilgan Ishchi guruhining 2025-yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar Yoʻl xaritasi tasdiqlandi va ijrosi nazoratga olindi.
Soliq qoʻmitasining 2025-yil 7-apreldagi 114-xs-son buyrugʻiga asosan Shaxsiy xavfsizlik tuzilmasi xodimlari tomonidan salbiy koʻrsatkichlar yuqori hududlarda oʻrganishlar va zarur profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha immunitetini hosil qilish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish boʻyicha reja-grafik asosida sayyor oʻquv seminarlari oʻtkazildi.
Shuningdek, qo‘mitaning 2025-yil 30-apreldagi 147-xs-son va 15-maydagi 165-xs-son buyruqlariga asosan hududiy soliq boshqarmalarining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari ish faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shu kabi, qo‘mitaning 25-sentabrda tasdiqlangan 512-ЭДO-son grafigi hamda 26-sentabrdagi 327-xs-son buyrug‘iga asosan barcha hududlarda soliq organlari xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat choralarini kuchaytirish vazifalari belgilandi. Xizmat safari davomida har bir hududda shaxsiy tarkibga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida videorolik namoyish etildi hamda videorolikning ijtimoiy ta’siri muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash”ning 2025-yil 5-mart kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan berilgan 14-sonli topshiriqlar (2025-yil 28-martdagi 03-PA 1/1-1093/33-son) yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 8-apreldagi 12/1-1146-son topshirig‘i (kalendar jadval)da belgilangan tegishli topshiriqlarni amalga oshirish boʻyicha 2025-yil 17-aprel kuni Soliq qoʻmitasining buyrugʻi va nazorat rejasi qabul qilindi.
Topshiriq ijrosini ta’minlash borasida, mahalla darajasiga tushgan holda tadbirkorlik sohasidagi korrupsiyaviy omillar tahlil qilinib, aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish yuzasidan Soliq qo‘mitasi takliflari 2025-yil 18-iyundagi 27/1-70570-son va 20-iyundagi 26/2-71363-son xatlar orqali tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilishi ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqildi va ijrosi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 7-maydagi 03-PA 1-6793/31-son (Korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi mexanizmlar yuzasidan Davlat rahbariga berilgan axborot) topshirig‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat rejasi ishlab chiqildi.
Mahalla darajasida soliq xizmati organlarida mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish hamda ishchanlik muhitini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni belgilash yuzasidan yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 26-iyundagi 02-PA 1-9245/21-son topshirig‘i orqali kelib tushgan “Asaka tumanida zamonaviy yechimlar orqali korrupsiya va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, aholi orasida ularga qarshi murosasiz muhitni yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha kompleks dastur”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat rejasi ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.
Soliq xizmati organlarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan Soliq qoʻmitasining 2024-yil 2-dekabrdagi 387-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Soliq qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati”, qoʻmitaning 2025-yil 15-yanvardagi 14-son buyrugʻi bilan amaliyotga joriy etilgan “Soliq tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti”, “Soliq tizimida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha nizom” “Soliq tizimida aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar toʻgʻrisida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish reglamenti”, “Soliq tizimi xodimlarini odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitilishini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma”, “Soliq tizimida kontragentlarni tekshirishga oid yoʻriqnoma”, “Soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti”, “Soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti”ga hamda qoʻmitasining 2025-yil 27-yanvardagi 28-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Soliq qo‘mitasining xarid komissiyasi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq tashkil etilgan.
Soliq qoʻmitasi 2021-yil avgust oyida respublika vazirlik-idoralari orasida birinchilardan boʻlib, ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi – foydalanish boʻyicha talablar va tavsiyalar” xalqaro sertifikatini qoʻlga kiritgan va sertifikat oʻtgan davrda Xalqaro ekspertlar tomonidan auditdan 2 marotaba muvaffaqqiyatli oʻtkazilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi yaratilganligi holati boʻyicha oʻtkazilgan reyting natijalari boʻyicha Soliq qoʻmitasi 2021-yilda 2-oʻringa, 2022-yil yakuniga koʻra 1-oʻringa loyiq deb topilgan boʻlsa, 2023-yil yakunida ijobiy koʻrsatkich (82 ball) qayd etilgan boʻlsa, 2024-yil yakuni bilan yuqori 92 ball (103 ta vazirlik-idoralar oʻrtasida 4-oʻrin) qayd etilib, koʻrsatkichlar yanada yaxshilanishiga erishildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF–165-son Farmoniga hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi – foydalanish boʻyicha talablar va tavsiyalar” ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq Soliq qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati, Soliq tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyotlari va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha nizom qayta ishlab chiqildi.
Qoʻmitaning 2024-yil 25-yanvardagi “Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan xodimlarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 12-XDFU-son buyrugʻi bilan korrupsiya haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish, ularni taʼqibga olmaslik kafolatlari belgilangan.
Buyruqqa muvofiq, korrupsiya haqida berilgan xabarlarni va korrupsiyaga oid jinoyatlarni fosh etishda ahamiyatga ega boʻlgan dalillarni oʻrganish hamda tahlil qilib borish orqali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsion xavflarni zudlik bilan bartaraf etish choralari koʻrilib, korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari yaratilgan (qisqa raqamli “Ishonch telefoni” – 1198 va 71-244-98-98, elektron pochta – antikorrupsiya@soliq.uz, boshqa elektron manzillar – org@soliq.uz, telegram bot – @dsq_anticorrupciya_bot, anonim xabar yuborish – soliq.uz/other/request?type=2).
Aloqa kanallari orqali xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan hisobot choragida kelib tushgan 320 ta murojaat, shuningdek dsq_anticorrupciya_bot telegram kanali orqali kelib tushgan 3966 ta xabarlar koʻrib chiqilib, tasdiqlangan holatlar boʻyicha xodimlarga tegishli choralar koʻrilgan.
Adliya vazirligida 2022-yil 31-avgustda 3383-raqam bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash” Uslubiyotda belgilangan tartib va muddatda “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholash natijasiga koʻra, korrupsiyaviy xavf-xatarga moyillik darajasi yuqori (6 ta) va oʻrta (11 ta) boʻlgan jami 17 ta funksiyalarning 1 tasi yuqoriligicha qoldi, oʻrta darajadagilari 10 tani va past darajadagilari 6 tani tashkil etdi (bu haqida qoʻmitaning 2025-yil 5-fevraldagi 07/1-14969-son xati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborilgan).
Soliq organlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlab, bartaraf etish choralari koʻrilishi nazoratga olingan.
“Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti” (Adliya vazirligida 2022 yil 31 avgustda 3383-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) bilan belgilangan tartib va muddatda “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholanib, korrupsiyaviy xavfga moyilligi yuqori (6 ta) va o‘rta (11 ta) bo‘lgan jami 17 ta funksiyalarning 1 tasi yuqoriligicha qoldi, o‘rta darajadagilari 10 tani va past darajadagilari 6 tani tashkil etdi (Bu borada Soliq qo‘mitasining 2025 yil 5 fevraldagi 07/1-14969-son xati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborilgan).
Natijada, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yil 30-apreldagi
03-07/3003-son xatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, maxsus elektron platformada (https://e-anticor.uz/admin) Soliq qo‘mitasi tomonidan baholashdan o‘tkazilgan 17 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar 1 ta funksiyada “yuqori”, 10 tasida “o‘rta” hamda 6 tasida “past” darajadaligi to‘g‘risida xulosa qilingan.
Soliq qo‘mitasi tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining elektron platformaga joylashtirilgan taklif va tavsiyalari ko‘rib chiqilishi natijasida korrupsiyaviy xavf-xatarlar 1 ta funksiyada “yuqori”, 11 tasida “o‘rta” hamda 5 tasida “past” darajani tashkil etdi (Bu haqida qo‘mitaning 2025 yil 2 maydagi 07/1-52490-son xati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborilgan).
Qaror talablari asosida platforma orqali qo‘mitaning korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi hamda korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024-yil 5-iyundagi PQ–210-son qarori ijrosini taʼminlash borasida Soliq qoʻmitasining 2024-yil 21-iyundagi 190-son buyrugʻi qabul qilingan.
Qonun, qaror va qoʻmita buyrugʻi ijrosini taʼminlash borasida, qoʻmita markaziy apparatining 449 nafar va hududiy soliq idoralarining 8700 nafar rahbar va xodimlardan 2024-yil iyul-avgust oylarida qabul qilingan deklaratsiyalar tahliliga koʻra aniqlangan 26 ta manfaatlar toʻqnashuvi holatlari bartaraf etilgan va bu haqida qoʻmitaning 2024-yil 14-oktabrdagi 07/1-103509-son xati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborilgan.
Yuqorida qayd etilgan Qonun, qaror va qoʻmita buyrugʻi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining 2024-yil 10-oktabrdagi 94-I-son yigʻilish bayonida (VM 12/24-94-1-son, 10.10.2024-y.) belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Soliq qoʻmitasida faoliyat yuritayotgan 445 nafar xodimlardan 2025-yil 21–24-yanvar kunlari ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida deklaratsiyalar olindi.
Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar tahlili natijasida manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlanmadi.
Soliq qo‘mitasida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari mavjud emasligi to‘g‘risida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2025-yil 3-apreldagi 07/1-38921-son hamda 1-iyuldagi 07/1-75530-son xatlar yuborilgan.
Soliq tizimida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash, unga yoʻl qoʻymaslik va qarshi kurashish borasidagi tadbirlar davom etmoqda.
