“O‘zbekiston – umumiy uyimiz”
2025-07-30 18:20:00 / Yangiliklar

Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” festivali tadbirlari doirasida bugun Uzun tumanida ham katta bayram tashkil etildi.
“Do‘stlik ohanglari” nomi ostida o‘tkazilgan gala-konsertda turli millat vakillari o‘zlarining milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari bilan ishtirok etdi.
Tadbir do‘stlik, totuvlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
Bunday festival tadbirlari barcha mahallalarda davom etmoqda. Har bir chiqish, har bir kuy-qo‘shiq turli elatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarining mustahkamligidan dalolat berdi. O'tkazilgan tadbir yaqkunida faol ishtirokchilar tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.
Zero, O‘zbekiston — hammamiz uchun yagona, umumiy uy!









