TADBIRKORLARGA KENG IMKONIYAT
2025-05-07 17:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-50 sonli Farmoniga muvofiq
2025-yil 1-iyuldan boshlab,
-Loyiha ofislari tavsiyasiga asosan yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga maydoni 10 ming kv metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini 5 yil muddatga tekin foydalanishga berish tizimi joriy etiladi;
Respublika miqyosida 15 ta tuman (shahar)dagi mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari binolariga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish dasturi amalga oshiriladi va uning doirasida:
-mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyiha asosida yangi barpo etiladigan ko‘p qavatli binoga joylashtiriladi;
-yangi barpo etiladigan ko‘p qavatli binoning 1 va 2-qavatlari tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi;
- mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlarini ko‘chirish natijasida bo‘shaydigan davlat ko‘chmas mulk obyektlari biznes loyihalarini amalga oshirish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi belgilab qo’yildi.
“Elektron onlayn auksionlarni
tashkil etish” AJ Surxondaryo
viloyati vakili L.G‘oibov
