Uzun tumanida Zulfiyaxonim izdoshlari saralandi
2026-11-05 13:15:00 / Yangiliklar

Uzun tumanida Zulfiyaxonim izdoshlari saralandi
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularni ma’naviy va intellektual jihatdan rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti — san’at, ilm-fan, sport, jurnalistika va boshqa yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishgan iste’dodli qizlar uchun eng nufuzli e’tirofdir.
Uzun tumanida ushbu mukofotga talabgor yoshlarni aniqlash maqsadida tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbariyati ishtirok etib, talabgorlarga omad tiladi. Tadbirda qizlar o‘zlarining bilim, ijodkorlik, sportdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va yetakchilik qobiliyatlarini namoyish etishdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholash natijasiga ko‘ra, sport, san’at va ta’lim yo‘nalishlari g‘oliblar aniqlanib, ularga viloyat bosqichida Uzun tumani sharafini himoya qilish yo‘llanmasi berildi.
Tanlov yoshlarning iqtidorini namoyon etish, ularni ezgu maqsadlar sari ilhomlantirish hamda Zulfiya xonimning betakror hayoti va ijodidan ibrat olishga chorlashga xizmat qiladi.








