Navbatdagi shaxsiy qabul
2026-09-14 17:05:00 / Yangiliklar

Uzun tumani hokimining birinchi o‘rinbosari S.Djumayev tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabul davomida 10 nafardan ortiq fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kredit ajratish, aholi bandligini ta’minlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Tegishli tashkilot rahbarlariga esa murojaatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.






