Navbatdagi shaxsiy qabul
2026-08-18 17:50:00 / Yangiliklar

Uzun tumani hokimi o‘rinbosari B.Turayev tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning qurilish, uy-joy masalalari, qurilish uchun ruxsatnoma va hujjatlarni rasmiylashtirish, obodonlashtirish hamda boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Mas’ul tashkilotlar rahbarlariga esa murojaatlarni o‘rganib, belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


