Shaxsiy qabul
2026-08-10 18:40:00 / Yangiliklar

Uzun tumani hokimining birinchi o‘rinbosari S.Djumayev tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabul davomida 5 nafardan ortiq fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kredit ajratish, aholi bandligini ta’minlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Tegishli tashkilot rahbarlariga esa murojaatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.


