24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o'rganish ishlari
2026-07-16 18:30:00 / Yangiliklar

Uzun tumani hokimi o‘rinbosari S. Tashanov hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Musayev tomonidan Do‘stlik mahallasida joylashgan 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Xitoy tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilayotgan faoliyat o‘rganildi.
Jarayonda ta’lim-tarbiya sifati, zamonaviy metodlarni amaliyotga joriy etish, rivojlantiruvchi muhitni takomillashtirish hamda ilg‘or tajribalarni samarali tatbiq etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.









