Uzun tumanida qishloq va suv xo‘jaligi sohasida mavsumiy agrotexnik tadbirlar belgilangan reja asosida olib borilmoqda.
2026-07-15 18:30:00 / Yangiliklar

Jumladan, chigit ekilgan maydonlarda kultivatsiya, chopiq, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, suspenziyali ishlov berish hamda sug‘orish ishlari o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilmoqda. Shuningdek, paxta dalalarini zararli hasharotlardan samarali himoya qilish maqsadida biomahsulot qo‘llash ishlari ham izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur agrotexnik tadbirlar paxta hosildorligini oshirish va mo‘l hosil yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.






