Bilim va mehnatning munosib e’tirofi
2026-06-26 17:15:00 / Yangiliklar

Bugun Uzun tumani hokimligining katta majlislar zalida 2025–2026 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchi yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy o‘quv yilida tumandagi umumta’lim muassasalarini 2 ming 541 nafar 11-sinf o‘quvchisi tamomladi. Ularning 23 nafari oltin medal va a’lo darajali attestatga, 2 nafari esa kumush medal va a’lo darajali attestatga sazovor bo‘ldi.
Tantanali tadbirda Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etib, medal sohiblariga yuksak mukofotlarni topshirdilar. Tadbir davomida yoshlarning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusi ta’lim va hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Mazkur yutuqlar o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan intilishi, ustozlar mehnati va ota-onalar qo‘llab-quvvatlovining yorqin natijasidir.









