“Ilmli ayol – kuchli jamiyat” xotin-qizlar ta’lim forumi o‘tkazildi
2026-06-12 15:25:00 / Yangiliklar

Uzun tumanida xotin-qizlarning ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida “Ilmli ayol – kuchli jamiyat” mavzusida ta’lim forumi tashkil etildi.
Forum davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim olish imkoniyatlari, ta’lim kreditlari, grantlar va yaratilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, huquqiy savodxonligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda ilm olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish masalalari
muhokama qilindi.
Mazkur forum ayollarning bilim va salohiyatini oshirish, ularni jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etishga undash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.





