DXX Kubogi – Uzun tuman bosqichi g‘oliblari tantanali tarzda taqdirlandi
2026-06-08 20:55:00 / Yangiliklar

Uzun tumanida o‘tkazilgan “DXX kubogi” musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbirda tuman hokimi Xabibulla Bozorov boshchiligidagi mutassadi rahbarlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Musobaqa davomida futbol, mini-futbol va adapted shaxmat turlarida o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. G‘olib jamoalar DXX kubogi musobaqasining viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Tadbirda g‘oliblar va sovrindorlar kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









