Gulchilik orqali bandlik va daromad sari
2026-05-22 18:10:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi topshiriqlariga asosan Uzun tumani Yangi ro‘zg‘or mahallasida tashkil etilgan “Gulchilik tomorqa maktabi” faoliyati samarali yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tashabbus doirasida ishsiz xotin-qizlarga gul yetishtirish, parvarishlash hamda tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.
Tomorqa maktabida tinglovchilarga gulchilik sir-asrorlari o‘rgatilishi barobarida, ularning bandligini ta’minlash va oilaviy daromadini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, tumandagi mavjud 51 ta mahallada ham shu kabi gulchilik tomorqalarini tashkil etish orqali mahallalardagi ishsiz va kam ta’minlangan oilalar xotin-qizlarini band qilish rejalashtirilgan.









