Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirildi
2026-05-22 14:05:00 / Yangiliklar

Uzun tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan olib borilgan manzilli va tushuntirish ishlari natijasida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirildi.
Mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan suhbatlar davomida oilalarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar atroflicha muhokama qilinib, muammolarga ijobiy yechim topildi.
Natijada oilaviy totuvlik tiklanib, farzandlar manfaatlari ustuvor ekanligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu kabi ishlar oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish va jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.



