“15-may — Xalqaro oila kuni”
2026-05-15 14:50:00 / Yangiliklar

Uzun tumanida “15-may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tuman hokimi Xabibulla Bozorov rahbarligida namunali, ahil va farzand tarbiyasida ibrat ko‘rsatib kelayotgan oilalarni e’tirof etish maqsadida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda jamiyatda o‘zining mustahkamligi, o‘zaro mehr-oqibat, milliy qadriyatlarga sadoqati hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faolligi bilan ajralib turgan 6 nafar oilaga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Taqdirlash jarayonida oilaning jamiyatdagi o‘rni, farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda ahil va mustahkam oilalar yurt taraqqiyotining muhim tayanchi ekani alohida ta’kidlandi.
Mazkur e’tirof oilalarda o‘zaro hurmat, mehr-muhabbat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









