Sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-05-13 10:55:00 / Yangiliklar

Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov, tuman IIB boshlig‘i O‘ktam Mustafoqulov hamda mutasaddi rahbarlar tumandagi sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning sport sohasini rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammo hamda masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mutasaddilar tomonidan sportchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi






