Murojaat
2026-04-27 22:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

MUROJAAT
Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorovning tuman aholisiga murojaati
Assalomu alaykum, qadrli tumandoshlar!
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida barcha sohalarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, xalqimizning turmush darajasi izchil yaxshilanib bormoqda. Ayniqsa, jamiyatda adolatni ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, maxsus vakolatli organlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, davlat xizmatlari raqamlashtirilmoqda, “ochiq budjet” tizimi joriy etilib, davlat xaridlari va moliyaviy jarayonlarning shaffofligi ta’minlanmoqda. Shuningdek, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev alohida ta’kidlaganlaridek: “Korrupsiyaga qarshi kurash — bu faqat davlat organlarining vazifasi emas, balki butun jamiyatning, har bir fuqaroning burchidir.”
Hurmatli tumandoshlar!
Uzun tumani hokimligi tizimida ham korrupsiyaga qarshi murosasizlik tamoyili asosida ishlar olib borilmoqda. Barcha korxona va tashkilotlarda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Mansab vakolatini suiiste’mol qilish, shaxsiy manfaatni ustun qo‘yish kabi holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi va bunday xatti-harakatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.
Har bir rahbar va xodim o‘z faoliyatida halollik, vijdonlilik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishi, tashkilot nufuzi va obro‘siga putur yetkazuvchi har qanday xatti-harakatlardan tiyilishi shart.
Qadrli fuqarolar!
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va farzandlarimiz kelajagi bevosita har birimizning bugungi faolligimiz va fuqarolik pozitsiyamizga bog‘liq. Agar biz bir yoqadan bosh chiqarib, korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lsak, albatta ijobiy natijalarga erishamiz.
Sizlarni har qanday qonunbuzarlik holatlariga befarq bo‘lmaslikka, korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etishga chaqiraman.
Agar davlat organlari, tashkilotlar yoki mansabdor shaxslar faoliyatida korrupsiyaga oid holatlarga duch kelsangiz yoki bu borada ma’lumotga ega bo‘lsangiz, belgilangan tartibda murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatlaringiz maxfiyligi qat’iy kafolatlanadi.
📞 Ishonch telefonlari: 76-447-35-45, 55-451-10-64
📧 Elektron pochta: https://gov.uz/uzun
Ishonchim komilki, barchamizning hamjihat sa’y-harakatlarimiz bilan Uzun tumanini korrupsiyadan holi, adolat ustuvor bo‘lgan, rivojlangan hududga aylantiramiz.
