“O‘zbekkosmos” agentligida Navoiy va Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
2026-02-10 18:25:00 / Yangiliklar

Tadbirda buyuk mutafakkir va davlat arboblari – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning boy adabiy va ilmiy merosi, ularning milliy madaniyatimiz va ma’naviyatimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Buyuk ajdodlarimiz asarlarida aks etgan insonparvarlik, vatanparvarlik, ilm-fan va bunyodkorlik g‘oyalari bugungi kunda ham yosh avlod uchun muhim ma’naviy manba ekani ta’kidlandi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan Navoiy va Bobur ijodidan namunalar o‘qildi.
Tadbirda buyuk ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida ulug‘ allomalarimizga munosib avlod bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv ishtirokchilarda buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlab, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini oshirishga xizmat qildi.
Shu bilan birga, Agentlikning bir guruh xodimlari buyuk shoir va mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida shoir haykali poyiga gul qo‘yish marosimida hamda “Turkiston” san’at saroyida tashkil etilgan badiiylashtirilgan “Nazm va navo kechasi”da ishtirok etdilar.



