Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Nagin Cox bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-01-21 14:20:00 / Yangiliklar

Kosmonavtika sohasidagi taniqli ekspert Nagin Cox talabalar bilan uchrashuvda Marsga amalga oshirilgan missiyalarda ishtirok etish tajribasi bilan o‘rtoqlashib, NASA Space Apps Challenge tanlovida g‘olib bo‘lgan loyihalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shu bilan birga, kosmik texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblarni berib o‘tdi.
Nagin Cox bilan intervyu tez orada YouTube kanalimizda taqdim etiladi. Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling.
