Ko‘p beriladigan savollar
|
1. |
Nima uchun 9 sinfining bitiruvchilari asosiy ta'lim sertifikatining asl nusxasini bermaydilar va faqat fotonusxasi yoki elektron versiyasini chiqaradilar? 11-sinf tugaganidan keyin sertifikat beriladimi? |
|
|
O'zbekistonda majburiy o'n bir yillik ta'lim joriy etilganligi va 9-sinf o'quvchilarining ko'pchiligi 10-sinfda o'qishni davom ettirishi sababli 9-sinf bitiruvchilarining sertifikatlari maktabda saqlanadi. Agar talaba 9-sinfni tamomlagandan so'ng akademik litseyga, kasb-hunar maktabiga o'qishga kirsa yoki yangi o'quv yurtidan ma'lumotnoma yoki Kupon asosida boshqa umumta'lim maktabiga o'tkazilsa, bu masala bo'yicha ota-onalar maktab direktoriga murojaat qilishlari mumkin. Majburiy o'n bir yillik ta'lim tugagandan so'ng, 11 sinf bitiruvchilariga sertifikat tantanali ravishda topshiriladi. |
|
2. |
Ingliz tili fani o‘qituvchisiman. Darslarimiz guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi. Ba’zan sherigim bo‘lmaganda guruhlarni qo‘shib o‘qitaman. Bu uchun menga qo‘shimcha haq to‘lanadimi? |
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomning 29-bandiga asosan malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda, ya’ni sinfdagi o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lganda Chet tili, ixtisoslashgan fanlar, Texnologiya, Informatika va axborot texnologiyalari, O‘zbek tili, Rus tili, Jismoniy tarbiya fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida nizom”ning 22-bandiga ko‘ra, bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlarini amalga oshirish nazarda tutilmagan. Shunga ko‘ra, sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitish uchun o‘qituvchilar soni yetarli bo‘lmasa, boshqa o‘qituvchi ishga qabul qilingunga qadar ushbu fanlar maktabdagi mavjud o‘qituvchi tomonidan sinflarni birlashtirgan holda o‘qitiladi hamda ikki guruhga bo‘lmasdan o‘qitayotgan o‘qituvchi uchun qo‘shimcha haq to‘lashga ruxsat etilmaydi. Umumta’lim muassasasida bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda maktabda boshqa malakali o‘qituvchi mavjud bo‘lsa, ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi va tegishli to‘lovlar amalga oshiriladi. |
|
3. |
Ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalariga kirish uchun qaysi fanlardan test oʻtkaziladi? |
|
|
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan oʻquvchilarni 5 va 7-sinfga qabul qilish uchun Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlarning tegishliligi boʻyicha bittasidan test sinovlari oʻtkaziladi:
✅filologiya — muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli; ✅ijtimoiy fanlar — muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli; ✅aniq fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli; ✅tabiiy fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli; ✅xorijiy tillar — muassasada taʼlim olib boriladigan xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz)dan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli; ✅texnologiya — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli. Ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorida alohida fan yoʻnalishlari koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno. |
