Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida ma’muriy ish hujjatlarini elektron rasmiylashtirish va “E-ma’muriy ish” axborot tizimidan maxsus planshetlar orqali foydalanish tartiblari yuzasidan seminar bo’lib o‘tdi
2025-07-04 15:10:00 / Yangiliklar

Unda vazir o'rinbosari Sardor Radjabov, Ichki ishlar vazirligi mas'uli, hududiy bo'linmalarning Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalashni tashkil etish mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminar-treningda Vazirlik tomonidan mas'ullarga maxsus planshetlar taqdim qilindi.
Shuningdek, planshetlardan foydalanishda axborot xavfsizligi, huquqiy javobgarlik, va ma’lumotlarning maxfiyligi bilan bog‘liq masalalar, nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatida tekshiruvlar o'tkazish tartibi to'g'risida alohida tushuntirishlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan lisenziyasiz shug‘ullanish davlatimizning tegishli qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.
