Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarning bajarilishi toʻgʻrisida MAʼLUMOT (AVGUST)
2026-09-03 17:30:00 / Hisobotlar
Tahlillarga koʻra, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida oʻtgan besh yil davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ijrosi yuklatilgan topshiriqlarning soni keskin ortgan.
Jumladan, 2020-yilda 133 ta hujjatdagi 544 ta topshiriq yuklatilgan boʻlsa, 2026-yilda topshiriqlar soni qariyb 4 barobarga yoki (290%) ga ortib 274 ta hujjatda belgilangan 2 121 ta topshiriq nazoratga olingan.
Maʼlumot uchun:
2020-yilda jami 133 ta hujjatda 544 ta topshiriq;
2021-yilda jami 202 ta hujjatda 951 ta topshiriq;
2022-yilda jami 157 ta hujjatda 715 ta topshiriq;
2023-yilda jami 166 ta hujjatda 1 725 ta topshiriq;
2024-yilda jami 185 ta hujjatda 1 047 ta topshiriq;
2025-yilda jami 276 ta hujjatda 1 483 ta topshiriq;
2026-yilda jami 274 ta hujjatda 2 121 ta topshiriq;
2026-yil iyul oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 159 ta topshiriq (100%), 2026-yil iyul oyida Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishifan 1 ta topshiriq (100%), 2026-yil iyul oyida Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalutsiyalaridagi 42 ta topshiriq (100%), hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 34 ta topshiriqning ijrosi (100%) toʻliq taʼminlandi.
2026-yil avgust oyiga belgilangan
- Prezident hujjatlaridagi 78 ta topshiriqdan 78 tasi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
- Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishidan 1 ta topshiriq ijrosi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
- Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalutsiyalaridagi 29 ta topshiriqdan 29 tasi (100 %) topshiriq ijrosi taʼminlandi.
- Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 37 ta topshiriqning ijrosi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
Uchta yo‘nalishlar bo‘yicha jami 144 ta asosiy topshiriqdan 144 tasining (100 %) ijrosi ta’minlandi.
Tahliliy ma'lumot:
YUKLAB OLISH
