Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha HISOBOT
2026-07-06 17:55:00 / E’lonlar
|
Normativ-huquqiy hujjat turi, nomi va rekvizitlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori |
|
|
2. |
TSTBni oʻtkazuvchi davlat organi yoki tashkiloti |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
3. |
Vakolatli organlarning xulosalari olinganligi |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
|
4. |
Sana |
2026-yil 23-aprel |
|
Tartibga solish taʼsirini baholash natijalari |
||
|
5. |
Xulosa TSTBdan oʻtkazish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qaroridagi tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiq, shuningdek, bugungi kunda qarorga oʻzgartirish kiritish yoki bekor qilish zarurati mavjud emas. |
|
|
6. |
Hujjatning taʼsir doirasi Qaror tartibga solish usuli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar boʻlib, davlat-xususiy sheriklik shaklidagi katta loyihalar (DXSh bog‘chalari) va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisoblanadi. |
|
|
7. |
Hujjatning natijadorligi va samaradorligi Mazkur qaror tartibga solish usuli bilan oʻrnatilganda oʻtgan davrda maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini yanada takomillashtirilganligi aniqlandi. Jumladan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2024-yilda |
|
|
8. |
Hujjatning ijobiy va salbiy oqibatlari Qarordagi tartibga solish usulini qoʻllash natijasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash orqali nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni oshmoqda, byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish taʼminlanmoqda, bolalarga munosib shart-sharoitlar yaratish hamda maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichlari oshmoqda. Aholiga maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish kengaymoqda, bu oʻz navbatida ota-onalar bandligini taʼminlashga, kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissasini qoʻshmoqda. |
|
