Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarning bajarilishi toʻgʻrisida MAʼLUMOT (IYUL)
2026-07-31 18:25:00 / Hisobotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, hududlarga tashriflari hamda huzurlarida oʻtkazilgan yigʻilish bayonlari topshiriqlarini ijro holati har hafta juma kuni – vazirning birinchi oʻrinbosari huzurida, har hafta dushanba kuni
– vazir huzurida, har oyda – vazirlik hayʼat majlislarida doimiy tanqidiy muhokama qilib borilmoqda.
Tahlillarga koʻra, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida oʻtgan besh yil davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ijrosi yuklatilgan topshiriqlarning soni keskin ortgan.
Jumladan, 2020-yilda 133 ta hujjatdagi 544 ta topshiriq yuklatilgan boʻlsa, 2026-yilda topshiriqlar soni qariyb 4 barobarga yoki (290%) ga ortib 274 ta hujjatda belgilangan 2 121 ta topshiriq nazoratga olingan.
Maʼlumot uchun:
2026-yil May oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 90 ta topshiriq, Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalutsiyalaridagi 21 ta topshiriq, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 42 ta topshiriqning ijrosi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
2026-yil Iyun oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 221 ta topshiriq (100%), 2026-yil Iyun oyida Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalutsiyalaridagi 40 ta topshiriq, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 47 ta topshiriqning ijrosi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
2026-yil Iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida 159 ta asosiy topshiriqdan 159 ta (100 %) topshiriq ijrosi taʼminlangan.
2026-yil Iyul oyida 1 ta Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishidan 1 ta (100.0 %) topshiriq ijrosi to‘liq taʼminlangan.
2026-yil Iyul oyida Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalutsiyalarida 42 ta asosiy topshiriqdan 42 ta (100%) topshiriq ijrosi taʼminlangan.
2026-yil Iyul oyida Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 34 ta asosiy asosiy topshiriqning 34 ta (100 %) to’liq ijrosi taʼminlandi.
Tahliliy ma'lumot:
YUKLAB OLISH
