Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
2026-05-07 15:45:00 / E’lonlar
Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi Surxondaryo vilotatida joylashgan (Angor tumani 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati, 1-, 9-, 23-, 35-sonli, Bandixon tumani 2-, 3-sonli, Boysun tumani 1-, 4-39-, 47-sonli, Denov tumani 75-, 79-, 80-, 82-sonli, Jarqoʻrgʻon tumani 2-, 28-, 31-, 45-, 67-sonli, Muzrobod tumani1-, 58-sonli, Oltinsoy tumani 5-, 50-, 69-sonli Sariosiyo tumani 1-, 11-, 67-, 83-, 89-sonli, Termiz tumani 4-sonli, Shoʻrchi tumani 3-, 59-sonli, Qiziriq tumani 29-, 40-, 42-sonli) umumtaʻlim maktablarining boʻsh yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.
Mazkur loyihalar Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-537-sonli Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son Qarorida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-386-sonli qarori 10-ilova 79.3-bandida davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashkil etish hamda unga bino-inshootlarni berish boʻyicha tanlov oʻtkazish topshirigʻi berilgan.
Loyiha muddati 20-yil.
Muddatlar:
2026-yilning 17-may soat 18:00 ga qadar quyidagi manzil boʻyicha murojaat etishlari mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, 100011, Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 2a-uy.
Kontaktlar:
Nishonov Azamat Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi Davlat-xususiy sheriklikni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi – 55-503-74-00 (1101, 1110)
Elektron pochta manzili: info@uzedu.uz; a.nishonov@uzedu.uz
