Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
2026-03-26 14:45:00 / E’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmonining 1-ilovasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyatining ustivor yoʻnalishlaridan “maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari sektorini yanada qoʻllab-quvvatlash, uning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish” belgilangan.
Surxondaryо viloyati, Sariosiyo tumani “Tortuvli” MFY Gulobod koʻchasi 1-uyda joylashgan 24-sonli umumtaʼlim maktabi hududida bo‘sh turgan yer maydonida xususiy tashabbuskor “Matluba tarbiyalanuvchilari” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada 24-sonli umumtaʼlim maktabi (1000 kv.m бўш yer maydoni) hududida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
1) Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;
2) Loyiha konsepsiyasi;
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar ushbu e’lon web saytga joylashtirilgan sanadan boshlab 45 kun ichida “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Manzil: 100011 Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 2a uy
Elektron pochta manzili: info@uzedu.uz,
Telefon raqami: +998(55) 503-74-00;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz, Sarvarbek.Raximov@imv.uz
Telefon raqami: +998(71) 203-50-50 (01925)
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.
