Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
2026-04-10 12:30:00 / E’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmonining 1-ilovasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyatining ustivor yoʻnalishlaridan “maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari sektorini yanada qoʻllab-quvvatlash, uning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish” belgilangan.
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Qarliqxona MFYda joylashgan 3-sonli maktabning bo‘sh turgan bino hududida xususiy tashabbuskor “1-son kompleks loyiha qurilish montaj” XK tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada 3-sonli davlat umumta’lim maktabi (81.13 kv.m) hududida nodavlat shaxmat klubini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
1) Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;
2) Loyiha konsepsiyasi;
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar ushbu e’lon web saytga joylashtirilgan sanadan boshlab 45 kun ichida “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Manzil: 100011 Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 2a uy
Elektron pochta manzili: info@uzedu.uz,
Telefon raqami: +998(55) 503-74-00;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz, Inomjan.Kadirboev@imv.uz
Telefon raqami: +998(71) 203-50-50 (01391)
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.
