Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarning bajarilishi toʻgʻrisida MAʼLUMOT (MART)
2026-04-01 18:20:00 / Hisobotlar
Tahlillarga koʻra, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida oʻtgan besh yil davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ijrosi yuklatilgan topshiriqlarning soni keskin ortgan.
Jumladan, 2020-yilda 133 ta hujjatdagi 544 ta topshiriq yuklatilgan boʻlsa, 2025-yilda topshiriqlar soni 3 barobarga ortib 276 ta hujjatda belgilangan 1 483 ta topshiriq nazoratga olingan.
Maʼlumot uchun:
2020-yilda jami 133 ta hujjatda 544 ta topshiriq;
2021-yilda jami 202 ta hujjatda 951 ta topshiriq;
2022-yilda jami 157 ta hujjatda 715 ta topshiriq;
2023-yilda jami 166 ta hujjatda 1 725 ta topshiriq;
2024-yilda jami 185 ta hujjatda 1 047 ta topshiriq;
2025-yilda jami 276 ta hujjatda 1 483 ta topshiriq;
2026-yil YANVAR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 140 ta topshiriq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishlaridagi 1 ta topshiriq, Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalyutsalaridagi 20 ta topshiriq, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 23 ta topshiriqning ijrosi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
2026-yil FEVRAL oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 61 ta topshiriq, Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalutsiyalaridagi 14 ta topshiriq, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 27 ta topshiriqning ijrosi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
2026-yil MART oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida 121 ta asosiy topshiriqdan 121 ta (100.0 %) topshiriq ijrosi taʼminlangan.
2026-yil MART oyida Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishida jami 1 ta topshiriq (100.0 %) ijrosi taʼminlangan.
2026-yil MART oyida Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalutsiyalarida jami 26 ta topshiriqdan 26 ta (100.0 %) topshiriq ijrosi taʼminlangan.
2026-yil MART oyida Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida jami 54 ta topshiriqdan 54 ta (100.0 %) topshiriq ijrosi taʼminlangan.
Vazirlik tomonidan MART oyida ishlab chiqiladigan Normativ-huquqiy hujjat loyihalari 3 tani tashkil etgan. 3 ta topshiriq nazortadan olingan.
PF-19 (05.02.2026) 1-ilova 6.1-band.
Mexanizm: 1. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonunlariga maktabga tayyorlov bosqichini umumiy oʻrta taʼlim tarkibiga kiritish boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. Ijrosi ta‘minlangan topshiriq nazoratdan olingan
PF-231 (25.11.2025) 4-ilova 3-band
Mexanizm: Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash prinsiplarini qayta koʻrib chiqish.
Ijrosi ta‘minlangan topshiriq nazoratdan olingan
PQ-308 (20.10.2025) ilova 4.2-band
Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining litsenziya talab va shartlarini davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish.
Mexanizm: 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.
TAHLILIY MA'LUMOT
