Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
2026-02-09 17:05:00 / E’lonlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMI SALOHIYATINI OSHIRISH (SCB) LOYIHASI XARIDLAR BO‘YICHA MAXSUS E’LON TOVARLARNI XARID QILISH UCHUN NARXLAR SO‘ROVI
Mamlakat: O‘zbekiston Respublikasi
Qarz oluvchi / Amalga oshiruvchi agentlik: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV)
Loyiha: O‘zbekiston ta’lim tizimi salohiyatini oshirish (SCB) loyihasi (Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE) tomonidan moliyalashtiriladi; Jahon banki grant agenti sifatida ishtirok etadi)
Grant raqami: TF0C5368
Xarid qilish usuli: Narxlar so‘rovi (RFQ) – Tovarlar
Shartnoma nomi: AKT uskunalari va bulutli infratuzilmani xarid qilish
Shartnoma raqami: SCG-RFQ/1
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE) tashkilotining TF0C5368-sonli granti doirasida moliyaviy mablag‘larni jalb qilgan bo‘lib, ushbu mablag‘larning bir qismini yuqorida qayd etilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) barcha huquqqa ega bo‘lgan yetkazib beruvchilarni quyidagi AKT uskunalari paketini yetkazib berish bo‘yicha o‘zlarining muhrlangan narx takliflarini taqdim etishga taklif etadi:
- Rach serverlari – 4 dona
- Gibrid ma’lumotlarni saqlash tizimi – 1 dona
- Ma’lumotlar markazi uchun Ethernet kommutatorlari – 2 dona
- Yangi avlod tarmoqlararo ekranlari (NGFW) – 2 dona
- 10 kVt quvvatli UPS (Uzluksiz quvvat manbai) – 1 dona
Yetkazib berish shartlari:
- Muddati: Bo‘nak to‘lovi amalga oshirilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni.
- Inkoterms: O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridan keltiriladigan tovarlar uchun – CIP; mamlakat ichidagi tovarlar uchun – EXW (Inkoterms 2020 tahririda).
Xarid jarayonlari Jahon bankining "Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha qarz oluvchilar uchun xaridlar reglamenti"da belgilangan Narxlar so‘rovi (RFQ) tartib-taomillariga muvofiq o‘tkaziladi hamda mazkur reglament talablariga javob beradigan barcha yetkazib beruvchilar uchun ochiqdir.
Qiziquvchilar Narxlar so‘rovi (RFQ) hujjatini ingliz yoki rus tillarida olishlari mumkin. Buning uchun Xaridor nomiga yozma so‘rov yuborilishi lozim, shundan so‘ng hujjatlar elektron pochta orqali taqdim etiladi.
Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati: 2026-yil 25-fevral, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 ga qadar. Belgilangan muddatdan avval elektron pochta orqali yuborilgan takliflar ham qabul qilinadi.
Ma’lumotlarni olish va hujjatlarni topshirish manzili:
Muassasa: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV)
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 2A-uy, 205-xona (2-qavat)
Mas’ul shaxs: Oyatillo Raxmatillayev – Loyiha koordinatori
Telefon: +998 55 503 74 00 (ichki 2035)
Elektron pochta: scgproject.uzb@gmail.com
