Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
2026-01-20 17:40:00 / E’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmonining 1-ilovasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyatining ustivor yoʻnalishlaridan “maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari sektorini yanada qoʻllab-quvvatlash, uning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish” belgilangan.
Xorazm viloyati, Xiva shahar joylashgan Xiva shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli boʻsh turgan bino hamda yer maydonida (18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab hududida) xususiy tashabbuskor “KHIVA MEDICAL TEKHNIKUM” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Xiva shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli boʻsh turgan (10 000 kv.m) yer maydoni hududida nodavlat maktab ta’lim tashkiloti tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
1) Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;
2) Loyiha konsepsiyasi;
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar ushbu e’lon web saytga joylashtirilgan sanadan boshlab 45 kun ichida “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Manzil: 100011 Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 2a uy
Elektron pochta manzili: info@uzedu.uz,
Telefon raqami: +998(55) 503-74-00;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz, Sarvarbek.Raximov@imv.uz
Telefon raqami: +998(71) 203-50-50 (01925)
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.
