Xalqaro hamkorlik
2026-01-29 10:00:00 / Yangiliklar
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi delegatsiyasi AQSHda ETS (Edusational Testing Servise) tomonidan tashkil etilgan xalqaro sammitda ishtirok etdi.
Tadbir yakunida Markaz va ETS o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat bilan istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Shuningdek, Markaz delegatsiyasi ETS tomonidan tashkil etilgan 4 kunlik o‘quv treninglarini ham muvaffaqiyatli yakunladi.
Ushbu o‘quv jarayoni zamonaviy baholash yondashuvlari, testologiya, ilmiy-tadqiqot asosida baholash hamda imtihon xavfsizligini taʼminlash masalalari haqida so‘z yuritildi.
Maʼlumot o‘rnida: ETS — taʼlimni baholash sohasida dunyodagi eng yirik va nufuzli tashkilotlardan biri bo‘lib, qator xalqaro imtihonlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
