Qoraözakda kuzgi köçat ekiş tadbirlari boşlandi
2026-11-09 11:05:00 / Yangiliklar
Qoraqalpoğiston Respublikasining Qoraözak tumanida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi köçat ekiş tadbiri bölib ötdi.

Unda tuman hokimligi mas’ullari, tuman Prokuraturasi va Ekologiya bölimi xodimlari, örmon xöjaligi mutasaddilari hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Kuzgi mavsum doirasida Qoraözak davlat örmon xöjaligi tomonidan yer maydonlari tayyorlanib, mas’ullar iştirokida manzarali daraxt va buta köçatlari ekilmoqda.
Uşbu tadbirlar tumanning ekologik muhitini yaxşilaş, yaşillik darajasini oşiriş, ekotizimlarini tiklaş hamda iqlim özgarişining salbiy oqibatlarini yumşatişga xizmat qiladi.







