Markaziy Osiyo davlatlari ekologik hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi
2026-10-30 18:55:00 / Yangiliklar

Uçraşuvda mintaqaviy ekologik hamkorlikni kengaytiriş, iqlim özgarişiga moslaşiş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, çöllaniş va yerlar degradatsiyasining oldini oliş masalalari muhokama qilindi. Qum va çang böronlari, qurğoqçilik hamda tabiiy ekotizimlarga tuşayotgan bosimni kamaytiriş böyiça özaro muvofiqlaştirilgan çoralarni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi hadli konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 31-sessiyasi — COP31ga birgalikda tayyorgarlik köriş masalalari körib çiqildi.
Xususan, konferensiya doirasida Markaziy Osiyo davlatlari iştirokida qöşma qöşimça tadbirlar taşkil etiş, mintaqaning ustuvor ekologik taşabbuslarini ilgari suriş va ularga xalqaro hamkorlar e’tiborini jalb etiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida iştirokçi davlatlarning vakolatli idoralari rahbarlari tomonidan «Markaziy Osiyo mintaqasida yaşil makon barpo etiş böyiça dastur» imzolandi.
